
Messiga qimmatli maslahat!
“Liverpul”ning sobiq futbolchisi Stiv Nikol PSJ hujumchisi Lionel Messiga “Barselona”ga qaytmaslikni maslahat berib, Krishtianu Ronalduning muvaffaqiyatsizligini misol qildi.
- Ronalduning “Manchester Yunayted”ga qaytgani nega muvaffaqiyatsiz chiqqanini tushunishga harakat qilyapman, lekin biror javob topa olganim yo‘q.
Shunga ko‘ra, Lionel Messi ham “Barselona”ga qaytmasligi kerak, degan fikrga keldim.
Leo Ispaniyada nimalar qilgan bo‘lsa ham, hammasini shunday qoldirishi kerak. Ortga qaytib, erishganlarini yomonlashtirish shart emas. Mana Ronaldu o‘zidan qolgan yorqin xotiralarga putur etkazib qo‘ydi.
Gap shundaki, Ronaldu zaxira o‘rindig‘ida o‘tirib, o‘yin tomosha qilishga majbur bo‘lmoqda. Odamlar uning bu holatini unutmaydi, - dedi Stiv Nikol.
Fikrlar