Messiga liganing barcha klublari maosh to‘laydi

  • 28 mart, 2023, 08:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messining PSJdagi faoliyati yakuniga etib bormoqda. Argentinalik yulduzning maoshini ko‘tara oladigan klublar ko‘p emas.

Tecno

AQSh chempionati klublari Messini ligaga olib kelishning antiqa usulini topdi. Aslida bu futbolchini “Inter Mayami” anchadan beri o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Biroq, ular hujumchining maoshini ko‘tara olmaydi.

Bu masalani hal qilish maqsadida MLS klublari xo‘jayinlari majlis o‘tkazib, Messining maoshini barcha jamoalar to‘lashiga kelishib oldi. Biroq, qaysi jamoaga borib qo‘shilishni Leoning o‘zi hal qiladi.

Sport.es saytining ma’lum qilishicha, barcha klublar Messi darajasidagi Yulduzning AQSh chempionatiga kelishidan manfaatdor. Chunki, “Messi effekti” barcha klublarga televizion translyatsiyalar huquqidan katta daromad keltirishi aytilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!