Messidan Qatarda “katta iz” qoldi (foto)

  • 28 dekabr, 2022, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatarda tashkil etilgan jahon chempionatida Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi yashagan xona muzeyga aylantiriladigan bo‘ldi.

Tecno

Bu xonada ikkita bir kishilik yotoq, yozuv stoli, yumshoq mebel bor edi. Bularning barchasi muzey eksponati bo‘lib xizmat qiladi. Bu g‘oya mualliflari xonani Lionel Messi yashagan paytda qanday bo‘lsa, o‘sha holicha saqlashga alohida urg‘u bermoqda.

16687612791798601648

Xonaning kirish eshigiga Argentina gerbi va “L.Messi” yozuvli lavh joylanadi.

Lionel Messi Qatardagi jahon chempionatida azaliy orzusi – jahon chempionligiga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, 35 yoshli hujumchi musobaqaning eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovringa ham ega chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!