
Messidan "jabr ko‘rgan" klublar soni 100 taga etdi
Lionel Messi bugun “Inter Mayami” tarkibida Liga kubogi doirasida “Atlanta”ga qarshi o‘yinda (4:0) maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
E’tiborlisi, “Atlanta” 36 yoshli argentinalik futbolchi faoliyati davomida gol urgan 100-klub sifatida qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin “Krus Asul”ga qarshi o‘yinda (2:1) Messi g‘alaba goli muallifiga aylangan edi.
Ma’lumot uchun, Messi bundan avval "Barselona" va PSJ klublarida to‘p surgan.
Fikrlar