Messida jarohat bor, ammo...
"Barselona" klubi va Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi ayni damda 100 foiz sog‘lom emas. Bu haqda "albiselestlar" ustozi Lionel Skaloni aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi to‘pig‘ida og‘riq his qilmoqda. Ammo bu unga Paragvayga qarshi bo‘ladigan o‘yinda ishtirok etishga to‘sqinlik qilmaydi. Ushbu o‘yin 13 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:00 da boshlanadi.
Argentina terma jamoasi “JCh-2022” saralashining dastlabki ikki bellashuvida g‘alaba qozongan.



Fikrlar