Messi yoki Ronaldu: Morata JChni qaysi futbolchi yutishini xohlayapti?

  • 5 dekabr, 2022, 17:04
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Alvaro Morata Messi hamda Ronaldu haqida fikr bildirdi.

Tecno

«Messi turnir «oltin butsa»siga da’vo qilmoqda. Bu u uchun tabiiy holat. Bizning avloddagi barcha futbolchilardan Messi yoki Ronaldu haqida so‘rashganda, ikkisini birvarakayiga maqtashadi.

Biroq menga hali ham Neymar juda yoqadi – uning o‘yiniga qarab, rohatlanasiz. Futbolni sevadigan har bir inson Messi, Krishtianu yoki Neymarning o‘yinlarini ko‘rish uchun o‘z biznesidan voz kechishi mumkin.

Shaxsan men Krishtianu jahon chempionatida g‘olib chiqsa xursand bo‘lardim, chunki u aql bovar qilmaydigan darajada kuchli martabaga ega. Messi yoki Neymar ham jahon chempionligini qo‘lga kiritsa, xafa bo‘lmayman, chunki ular ham zo‘r o‘yinchilar. Lekin barchasi Ispaniyani g‘alaba bilan tabriklashsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lardi», - dedi ispaniyalik hujumchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!