Messi yaxshi ishga qo‘l urdi

  • 17 aprel, 2021, 14:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” sardori Lionel Messi bir klub uchun ko‘p gol urish bo‘yicha Pele rekordini yangilagan edi. Argentinalik hujumchi 2020 yilning dekabrida Ispaniya chempionatida “Valyadolid” jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib, “Barselona”da tarkibida urgan gollari sonini 644 taga etkazgan va bu borada Pelening uzoq yillik rekordini yangilagandi.

Tecno

Messi xayriya maqsadida o‘sha o‘yinda kiygan butsasini kimoshdi savdosiga qo‘ydi.

Avvaliga, Messining butsasi Kataloniya milliy muzeyiga qo‘yildi. Keyinroq, Barselonadagi bolalar shifoxonasiga yordam berish maqsadida butsa auktsionda sotiladigan bo‘ldi.

- Bir jamoa safida gol urish bo‘yicha rekord meni baxtiyor qildi. Lekin eng muhimi, o‘z salomatligi uchun kurashayotgan bolalarga yordam berish. Aprelda bo‘ladigan auktsion bu masalaga ko‘proq odamlarning e’tiborini qaratishga xizmat qiladi, - dedi Lionel Messi.

Rekord o‘rnatilgan uchrashuvda Messi Nemeziz modelidagi butsadan foydalangan edi. Butsalarga Messining  imzosi tushirilgan va rafiqasi Antonella, farzandlari Tyago, Mateo va Chironing ismlari yozilgan.

Auktsion onlayn-formatda 19-30 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!