
Messi yana bir rekordni takrorladi
Messi terma jamoadagi golli uzatmalar soni bo‘yicha rekordni takrorladi.
Hujumchi Lionel Messi 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Peruga qarshi o‘yinda (1:0) Argentina terma jamoasi safida o‘zining 58-golli uzatmasini amalga oshirdi.
Argentinalik futbolchi milliy terma jamoada golli uzatmalar soni bo‘yicha AQSh terma jamoasining sobiq futbolchisi Lendon Donovan bilan tenglashib oldi.
Fikrlar