
Messi yana “Barsa”da o‘ynashi mumkin
“Barselona” muxlislari klub afsonasi Lionel Messini yana “Barselona” tarkibida ko‘rishi mumkin.
Avvalroq, “Inter Mayami” MLSning pley-off bosqichiga chiqa olmasa, Lionel Messi Evropa klublaridan biriga ijaraga yuborilishi rejalashtirilayotgani aytilgandi.
Sport nashrining yozishicha, Messi boradigan jamoa “Barselona” bo‘lishi mumkin.
Lionel Messi yozda PSJ bilan shartnomasi yakunlanganidan keyin Kataloniyaga borishni istagan edi. Biroq “Barselona” mutasaddilari futbolchiga rasmiy taklif yuborish imkonini topa olmadi. Shundan so‘ng, Messi oilasi tanloviga ko‘ra, AQShga ko‘chib o‘tishga qaror qildi.
Fikrlar