Messi va Ronalduni bir jamoada kutishyapti

  • 28 fevral, 2021, 18:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” va “Real”da porlagan Devid Bekxem ayni paytda AQShning “Inter Mayami” xo‘jayinlaridan biri hisoblanadi. Angliyalikyulduz o‘z jamoasida “Barselona” etakchisi Lionel Messi va “Yuventus” to‘purari Krishtianu Ronalduni ko‘rmoqchi ekanini bildirdi.

Tecno

- Men “Inter Mayami” muxlislari jamoada katta yulduzlarni ko‘rishni xohlashini yaxshi bilaman. Hozir bizda Gonsalo Iguain va Blez Matyuidi kabi mashhur futbolchilar bor. Yaqin kelajakda eng yorqin yulduzlarni jamoamizda ko‘rishni rejalashtirganmiz. Messi va Ronaldu ham tilga olinmoqda. Ular so‘nggi 15 yilning eng zo‘r futbolchilari bo‘ldi. Bizga esa, ana shunday eng yaxshilari kerak, - dedi Bekxem.

Hozircha, Lionel Messining qarori ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. Uning shartnomasi yozda yakunlanadi. Shungacha, u kelajak faoliyati haqida bir to‘xtamga kelishi kerak. Ronaldu esa “Yuventus” bilan 2022 yilning yozigacha shartnomaga ega. Biroq, turinliklar portugaliyalik yulduzga to‘lanayotgan maoshni tejab qolish uchun uni yozda transfer qilishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqatilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!