
Messi va Ronaldu raqobati davom etadi
Lionel Messi butun proffesional futbolchilik faoliyatida kiritilgan xet-triklar soni bo‘yicha Krishtianu Ronaldu bilan oradagi farqni yana qisqartirdi.
Bugun tongda 37 yoshli argentinalik forvard JCh-2026 saralashi doirasidagi Boliviya bilan o‘tkazilgan qarama-qarshilikda raqib darvozasini uch bor ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Hozirda Messi hisobidagi xet-triklar soni 58 taga etdi. "An-Nasr"da to‘p tepayotgan 39 yoshli portugaliyalik forvardning hisobida esa, 66 ta o‘yinda yo‘llangan 3 tadan gol mavjud.
Fikrlar