
Messi va Neymarning borar klubi bitta!
Janubiy Amerikaning Evropadagi eng mashhur yulduzlari – Lionel Messi va Neymar PSJni tark etsada, yana bir klub tarkibida birga to‘p tepishni mo‘ljallab turibdi.
Yaqinda PSJ rahbariyati jamoani yoshartirish siyosatini tanlab, yoshi o‘tib qolayotgan o‘yinchilar qatorida Messi va Neymardan ham voz kechishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Le10Sport nashrining ma’lum qilishicha, Messi va Neymar AQShga yo‘l olishi kutilmoqda. Har ikki yulduzga Devid Bekxemga tegishli “Inter Mayami” joy berishga tayyor. PSJ hujumchilari ilgari vaqti kelib AQSh chempionatida to‘p tepishni umid qilishini bildirgan edi. O‘sha kunlar yaqinga o‘xshaydi.
Messi joriy mavsumda Frantsiya chempionatida 18 ta uchrashuvda ikkita gol urgan bo‘lsa, Neymar 15 ta bahsda 5 ta to‘p kiritdi.
Fikrlar