
Messi va Mbappe Dembeleni "Oltin to‘p" bilan tabrikladi
Usmon Dembele "France Football" tomonidan mavsumning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan "Oltin to‘p" sovrinini qo‘lga kiritdi. Dembeleni sobiq jamoadoshi Lionel Messi va vatandoshi hisoblangan Kilian Mbappe ijtimoiy tarmoqlar orqali tabrikladi.
Messi: "Tabriklayman, sen uchun juda xursandman. Sen bu mukofotga loyiqsan!"
Mbappe: "Usmon Dembele… Qanday hissiyotlar, akam. Sen bundan 1000 marta ko‘prog‘iga loyiqsan."
Ma’lumot uchun, frantsiyalik futbolchi 2024/2025-yilgi mavsumda PSJ tarkibida 59 ta o‘yinda maydonga tushib, 37 ta gol va 14 ta assist qayd etdi.
Fikrlar