
Messi va Mbappe bugun mashg‘ulotlarda ishtirok etdi. Ertaga "Bavariya" bilan o‘yin bor!
PSJ futbolchilari Kilian Mbappe va Lionel Messi kichik jarohat olgani haqida xabar berilgandi. Ular chempionlar ligasi doirasida "Bavariya" bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishi kutilayotgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, ikkala hujumchi ham bugun mashg‘ulotlarda ishtirok etgan. Ular o‘zini noqulay his qilmagani aytilmoqda. Messi va Mbappe ham ertangi bahsda qatnashishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, PSJ - "Bavariya" bellashuvi ertaga 01:00 da start oladi.
Fikrlar