
Messi va Dembele bir ko‘rsatkich bo‘yicha tengsiz
Usmon Dembele 2022 yilda amalga oshirilgan golli uzatmalar soni bo‘yicha Lionel Messi bilan tenglashib oldi.
Frantsiyalik yarim himoyachi La Liga doirasidagi "Barselona"ning "Levante"ga qarshi (3:2) o‘yinida yana bir samaralli uzatma muallifiga aylandi.
24 yoshli vinger bu yili 9 ta assitni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan. Usmon Evropaning kuchli beshlik chempionatlari orasida bu borada PSJ hujumchisi Lionel Messi bilan bir xil ko‘rsatkich qayd etmoqda.
Qayd etish lozim, Dembelening "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida yakunlanadi. "Ko‘k-anorranglilar" u bilan yangi kelishuv borasida muzokaralar olib bormoqda.
Fikrlar