
Messi uchun klubni qurbon qilmaymiz!
PSJ rahbariyati jamoa tarkibida Lionel Messini saqlab qolish uchun jahon chempionining barcha talablarini bajarishga tayyor emasligini bildirdi.
O‘tgan yili yozda parijliklar Kilian Mbappeni olib qolish uchun o‘ta katta miqdordagi maosh va ko‘plab vakolatlarni taqdim qilgandi. Biroq, bu usul jamoada ichki muhitning buzilishiga olib keldi. Mbappening o‘zi ham PSJ xo‘jayinlari berilgan va’dalarning barchasini bajarmaganini ro‘kach qilib, jamoadan ketishga shaylangan paytlar ham yuo‘ldi.
Endi klub mutasaddilari bu kabi xatolarni takrorlamoqchi emas.
Lionel Messining otasi Xorxe yangi bitim borasida muzokara o‘tkazdi va PSJ bilan kelisha olgani yo‘q.
Jahon chempionatida hamon eng zo‘r o‘yinchilardan ekanini isbotlay olgan Lionel Messiga asosan Evropadan tashqaridan chorlovlar bo‘lyapti.
Fikrlar