Messi: U bo‘lsa, men “Barsa”ga qaytmayman!

  • 1 aprel, 2022, 20:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Pari Sen-Jermen” yozda Lionel Messidan voz kechishi mumkinligi haqida xabarlar ko‘payib qoldi. Avvalroq, argentinalik yulduz “Barsa”ga qaytishi aytilgandi. Biroq Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta Messiga “Barselona”da o‘rin yo‘qiligini ta’kidlaganidan keyin Lionel Messi sobiq klubidan arazladi.

Tecno

TyC Sports nashrining xabar berishicha, Joan Laporta Evropa futbolida yuqori cho‘qqilarga ko‘tariladigan yosh jamoani tuzayotgani va unda Messiga ehtiyoj yo‘qligini ta’kidlaganidan keyin, Messi unga javoban bu prezident boshchilik qilayotgan davrda “Barselona”ga qaytmasligini bildirdi.

Messi moliyaviy feyr-pley tufayli o‘tgan yilning avgustida “Barselona”ni tark etishga majbur bo‘ldi. PSJga o‘tganidan keyin argentinalik hujumchi o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish qila olmayapti. Parijliklar u bilan 2023 yilgacha shartnoma tuzgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!