
Messi tufayli Xavidan voz kechishdi
AQShning “Inter Mayami” klubi rahbariyati bosh murabbiylikka “Barselona”dan ketganidan keyin ishsiz yurgan Xavi Ernandesni olib kelmoqchi edi.
Biroq mayamiliklar bu fikrdan qaytdi. Sport.es saytining ma’lum qilishicha, bunga jamoa etakchilari Lionel Messi va Jordi Albaning sobiq jamoadoshlari Xavi bilan munosabatlari yaxshi emasligi sabab bo‘lgan.
Manbaga ko‘ra, Messi va Xavi doim shaxsiy va professional munosabatlarni saqlab kelgan, biroq keyingi paytda oraga sovuqchilik tushgan. Ayni paytda Messi va Albaning Xavi bilan aloqalari uzilib qolgan. Biroq “Inter Mayami”ning yana bir futbolchisi Serxio Buskets Xavining do‘sti hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Xvi 2015 yili “Barselona”ni tark etgunga qadar Messi, Buskets va Alba bilan kataloniyaliklar sharafini birga himoya qilgan.
Fikrlar