Messi to‘qqiz yil deganda joyini bo‘shatdi

  • 8 sentabr, 2023, 10:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinaning Buenos-Ayres shahridagi “Monumental Antonio Vespuchio Liberti” stadionida mezbonlar 2026 yilgi jahon chempionatining saralash turniri birinchi turida Ekvador futbolchilarini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

Amaldagi jahon chempionlariga g‘alaba keltirgan yagona gol muallifi Lionel Messi bo‘ldi.

“Inter Mayami”dan terma jamoaga chaqirtirilgan Messi 89-daqiqada o‘z o‘rnini Eksekiel Palasiosga bo‘shatib berdi.

Statistika mutaxassislarining ta’kidlashicha, Messi Argentina terma jamoasining rasmiy uchrashuvlarida 2014 yildan beri ilk marta zaxiraga olingan. 36 yoshli yulduz so‘nggi bor 2014 yilgi jahon chempionatida Nigeriyaga qarshi bahsning 63-daqiqasida o‘rnini Riki Alvaresga bo‘shatib bergandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Эргашев Файзулло
08/09/2023 11:01
Хамма нарса вактинчалик