Messi tiz cho‘kdimi? Xorxe o‘g‘lining “Barsa”dan ketolmasligini tan oldi

  • 3 sentabr, 2020, 18:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xorxe Messi ilk bor Leo faoliyatini “Barselona”da davom ettirish ehtimoli katta ekanini tan oldi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Barselona” prezidenti Jozep Bartomeu bilan uchrashgan Xorxe Messi o‘g‘li klubni erkin agent sifatida tark eta olmasligiga ishonch hosil qilgan. Klub rahbari argentinalik hujumchi ketishi uchun shartnomada belgilangan 700 million evro miqdorida badal puli to‘lanishi shart ekanini, shundoq ketsa ish sudga oshirilishini uqtirgan.

Ayni paytda tomonlar Messining shartnoma yakunlangunicha uni jamoada qolishi masalasi muhokama qilishga tayyorlanmoqda. Avvalroq, Lionel Messining o‘zi ham klubdan osonlikcha keta olmasligini tushunib etgani haqida xabarlar tarqatilayotgan edi. Qolaversa, “Barselona” yulduzini qo‘lida uni o‘ziga chorlayotgan birorta aniq taklif ham yo‘q.

“Barsa” Messi masalasini bugun hal qiladi

Xorxe Messi: O‘g‘lim bu erda qolmaydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!