
Messi: Saudiya bizni osmondan ergan tushirib qo‘ydi
Lionel Messi 2022 yili Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatining guruh bosqichida SAudiya Arabistoni terma jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvni esga oldi.
O‘sha bahsda Lionel Messi penaltidan hisobni ochganiga qaramay, saudiyaliklar 2:1 hisobida zafar quchgan.
- Qatarga etib kelganimizdayoq, biz bosh sovringa da’vogar ekanimizni his qilardik. Biz buni ommaviy tarzda e’lon qilmagan bo‘lsak-da, jamoa ichida ishonch yuqori edi.
Saudiya Arabistoni terma jamoasidan uchralgan mag‘lubiyat bizni osmondan erga tushirib qo‘ydi. Bu mundialda har qanday raqib xavfli bo‘lishini bildik.
Niderlandiya, Braziliya kabi boshqa top-jamoalar muammo ekani aniq lekin, Avstraliya ham juda kuchli raqib bo‘ldi. Ular shu bosqichgacha etib kelgan ekan, demak hamma ishni to‘g‘ri tashkil qilgan. Umuman olganda esa, Argentina terma jamoasi har doim favorit hisoblangan, - dedi Lionel Messi.
Qatardagi jahon chempionati argentinaliklar uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Lionel Messi o‘ziga etishmayotgan yagona sovrin – jahon chempionligiga ham sazovor bo‘ldi.
Fikrlar