Messi Ronalduning o‘yinini qanday baholadi?

  • 20 iyun, 14:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi "Portu"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng "DSports" telekanaliga bergan intervyusida Krishtianu Ronaldu haqida iliq fikrlar bildirdi:

Tecno

"Men Krishtianuning butun faoliyati, erishgan va hali ham erishayotgan yutuqlari uchun unga katta hurmat va havas bilan qarayman. U hanuzgacha eng yuqori darajada to‘p surmoqda.

O‘rtamizdagi raqobat faqat maydonda bo‘lgan. Har birimiz o‘z jamoamizga maksimal foyda keltirishni istaganmiz. Lekin hammasi o‘yin doirasida qolgan.

Maydon tashqarisida esa biz oddiy odamlarmiz. Albatta, biz do‘st emasmiz – birga vaqt o‘tkazmaymiz. Ammo hamisha bir-birimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lganmiz" – deya ta’rif berib o‘tdi argentinalik yulduz. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!