
Messi Ronaldu haqida o‘tkir gaplarni aytdi
Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o‘rtasidagi raqobat zamonaviy futbolning cho‘qqisi sifatida 15 yil davomida muxlislar e’tiborini o‘ziga bog‘lab turdi.
“Inter Mayami”da o‘ynayotgan argentinalik yulduz portugaliyalik hamkasbi bilan raqobat haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdib o‘tdi.
- O‘rtamizda doimo kurash bo‘lgan. Sport nuqtai nazaridan bu juda yaxshi. Bir-birimizni kurashga ruhlantirib kelganmiz va mahoratimizni tinimsiz oshirib borganmiz. Chunki ikkimiz ham maqsad sari intiladigan odamlarmiz.
Ronaldu har doim hamma narsani yutishga harakat qilgan, men ham xuddi shunday. Bu ikkimiz uchun ham, futbolni yaxshi ko‘radiganlar uchun ham ajoyib damlar edi.
Yuqori darajadagi raqobatimizni uzoq yillar davomida ushlab turganimiz hurmatga loyiq holat. Chunki cho‘qqiga chiqish oson, lekin u erda qolish qiyin, degan gap bejiz aytilmagan, - dedi Lionel Messi.
Fikrlar