
Messi “Roma”da o‘ynasa nima bo‘lardi?
“Roma” va Italiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Franchesko Totti jahon futbolida “Oltin to‘p”ni sakkiz marotaba qo‘lga kiritgan Lionel Messi Rim klubida o‘ynaganida individual sovrinlarga loyiq ko‘rilmasligini aytdi.
- Messini “Roma”da 25 yil o‘ynating. Shunda u nechta “Oltin to‘p”ga ega chiqardi? Javob – nol, - dedi Franchesko Totti.
Ta’kidlash kerakki, italiyalik yulduz butun professional faoliyatida bir klub – “Roma”da o‘tkazgan. U poytaxt klubida tarbiyalangan va shu jamoada 25 yil sadoqat bilan o‘ynadi.
Totti “Roma”da bir bor Italiya chempioni, ikki marotabadan mamlakat kubogi va Superkubogi sohibi bo‘ldi. 2006 yili Italiya terma jamoasi safida jahon chempioi bo‘ldi.
Lionel Messi ham faoliyatining katta qismini “Barselona”da o‘tkazib, 2021 yilning yozigacha kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan. Keyinchalik taqdir taqozosi bilan “Pari Sen-Jermen” va “Inter Mayami”da paydo bo‘ldi.
Fikrlar