
Messi qachongacha futbol o‘ynashini aytdi
Lionel Messi professional futbolchi sifatida barcha nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritib bo‘lgan.
36 yoshli o‘yinchi keyingi bir yil davomida jahon chempioni, Frantsiya chempioni bo‘ldi va sakkizinchi marotaba “Oltin to‘p”ga ega chiqdi.
Ko‘pchilikni jahon futboli tarixia eng ko‘p sovrin sohibi bo‘lgan argentinalik yulduz qachongacha to‘p tepishi qiziqtiradi. Messi mana shu masalaga oydinlik kiritdi.
- Men avval ham ta’kidlaganman, kelajak haqida bashorat qilmayman. Bugungi kundan rohat olib yashayman. Jismoniy holatim ajoyib. Yana qancha to‘p tepishimni bilmayman.
Men kuchim etmay qolganini sezgunimga qadar maydonda o‘ynashni maqsad qilganman, - dedi Lionel Messi.
Leoning “Inter Mayami” bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar