Messi PSJda jamoadoshini haqorat qilib kelgan
Lionel Messi PSJda o‘ynagan davrida klub yarim himoyachisi Vitinyani bilan munosabatlari yaxshi bo‘lmagan.
L'Equipe nashri arentinalik yulduz mashg‘ulotlarda portugaliyalik futbolchini zaiflikda ayblagani haqida ma’lumot tarqatdi.
Messi 2021-2023 yillar davomida Parij klubida to‘p tepgan va ikki marta Frantsiya chempionligiga sazovor bo‘lgan.
23 yoshli Vitinya Parijga 2022 yili “Portu”dan ko‘chib o‘tgan edi. Bu o‘yinchi uchun PSJ 41,5 million evro to‘lagan va besh yillik shartnoma imzolagan.
Lionel Messi ayni paytda AQSh chempionatida “Inter Mayami” jamoasi sharafini himoya qilmoqda.



Fikrlar