
Messi peshqadam, Mbappe ikkinchi, Ronaldu o‘nlikda yo‘q - JChning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Qatar yashil maydonlarida o‘tkazilayotgan Jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib ulgurdi.
Dunyoga mashhur "Goal" nashri ushbu mundialning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun da’vogarlar reytingini tuzib chiqdi. Unga ko‘ra, Lionel Messi birinchi, Kilian Mbappe ikkinchi va Brunu Fernandesh uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Kuchli o‘nlikka Krishtianu Ronaldu hamda Neymar kiritilmagan.
"Goal" nashri talqini bo‘yicha Jahon chempionatining eng yaxshi bo‘lib turgan 10 futbolchi bilan tanishing.
1. Lionel Messi (Argentina);
2. Kilian Mbappe (Frantsiya);
3. Brunu Fernandes (Portugaliya);
4. Kodi Gakpo (Niderlandiya);
5. Markus Reshford (Angliya);
6. Kazemiro (Braziliya);
7. Antuan Grizmann (Frantsiya);
8. Hakim Ziesh (Marokash);
9. Teo Ernandes (Frantsiya);
10. Ashraf Hakimi (Marokash).
Fikrlar