
Messi o‘ziga yangi jamoa tanladi, lekin...
Lionel Messining kelajagi hamon mavhum bo‘lib turibdi. PSJning Chempionlar ligasini erta tark etgani ko‘p narsani o‘zgartirib yubordi.
Taniqli jurnalist Xerard Romeroning ma’lum qilishicha, argentinalik blduz parijliklar bilan yangi shartnoma tuzmoqchi emas. Bir necha muzokara muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
Manbaning ta’kidlashicha, Messining o‘zi “Barselona”ga qaytishni xohlayapti. Lekin bu transferni amalga oshirish uchun jiddiy to‘siqlar bor.
Ana shunday to‘siqlardan biri – moliyaviy feyr-pley 2021 yilda Messining kataloniyaliklar bilan sharnomani yangilashiga imkon bermagan edi.
Jahon chempioni faoliyatini Evropada davom ettirib, Chempionlar ligasida g‘olib chiqish va yana bir bor “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritishni istayapti.
Fikrlar