
Messi o‘z yoniga “Real” yulduzini chaqirdi
“Real”ning eng sadoqatli o‘yinlaridan hisoblangan Luka Modrich Madridni tark etib, faoliyatini ummonortida davom ettirishi mumkinligini aytilmoqda.
“Inter Mayami” klubi xorvatiyalik yulduzni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga tayyor. Klub xo‘jayini Devid Bekxem ham bu transferni ma’qulladi.
39 yoshli futbolchi hamon yuqori saviyada o‘ynayotgan bo‘lsa-da, Karlo Anchelotti jamoasida uning ahamiyati sekin-asta pasayib bormoqda. Shu bois, madridliklar bilan shartnomasi yakunlanayotgan Modrich kelajagi haqida bir qarorga kelishi kerak.
“Inter Mayami”ning o‘z davrida Evropada porlagan yulduzlari – Lionel Messi, Luis Suares, Jordi Alba va Serxio Buskets 2018 yilgi “Oltin to‘p” sohibini jamoada ko‘rishni istayapti.
Fikrlar