Messi nomini tarixga muhrlash uchun unga mana shunaqa yana o‘nta gol kerak

  • 26 may, 09:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi MLS chempionati doirasida “Filadelfiya Yunayted” jamoasi darvozasini jarima zarbasidan ishg‘ol qildi.

Tecno

Uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi.

Bu gol argentinalik yulduz uchun ahamiyatli bo‘lib chiqdi. Messi jarima nuqtasidan gol urish bo‘yicha braziliyalik afsona Ronaldinoni ortda qoldi. Leoning jarima zarbasidan kiritgan to‘plari 67 ta bo‘ldi.

Shunga qaramay, bu eng zo‘r natida emas. Jarima zarbasidan gol urish bo‘yicha yana ikki braziliyalik futbolchi Lionel Messidan oldindan. Xususan, futbol qiroli sifatida tan olingan marhum Pele faoliyati davomida jarimalardan 70 ta gol urgan.

Reytingda birinchi o‘rinni egallab turgan Junino Pernambukano bu ishni 77 marotaba uddalagan. Messi rekordni takrorlagi uchun o‘nta, yangi ko‘rsatkich qayd etishi uchun yana 11 ta jarima to‘pini raqiblar darvozasiga joylashi kerak.

Bu borada faoliyatini davom ettirayotgan Krishtianu Ronalduda ham rekord o‘rnatish uchun imkoniyat bor. 40 yoshli futbolchi hozirgacha 64 marta jarima to‘plarini darvozaga joylab qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!