
Messi nimadan norozi? Bunga hatto PSJ rahbariyati ham aralashgan
PSJ hujumchisi Lionel Messi Frantsiya matbuotining unga bo‘lgan munosabatidan “hayratda” ekanini aytdi.
Le Parisien nashrining yozishicha, 34 yoshli argentinalik futbolchi OAVning doimiy tanqidlaridan norozi. Messi allaqachon bu muammoni klub rahbariyati bilan muhokama qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Leo o‘tgan yilning avgust oyida PSJga erkin agent sifatida “Barselona”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida parijliklar safida 23 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urgan va 11 ta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar