Messi nihoyat Ronalduga etib oldi!

  • 16 aprel, 2023, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Lionel Messi Frantsiya chempionatining 31-turidan o‘rin olgan “Lans”ga qarshi uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Yakunda uchrashuv parijliklarning 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.

Tecno

Ushbu gol evaziga 35 yoshli argentinalik futbolchi Evropaning top-5 chempionatida gol urish bo‘yicha portugaliyalik hamkasbi Krishtianu Ronalduga etib oldi. Hozirda har ikki futbolchi hisobida 495 tadan gol bor.

38 yoshli portugaliyalik o‘tgan qishda Evropani tark etib, Saudiyaning “An-Nasr” klubi bilan 2,5 yillik shartnoma imzolagan edi. O‘z navbatida Messining ham PSJ bilan mehnat shartnomasini yakunlanmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma iyun oyi oxirida tugaydi. Lionel faoliyatini davom ettirish variantlari orasida "Barselona", shuningdek, Saudiya Arabistoni va MLS jamoalari bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!