
Messi: Mening ham armonim bor!
“Barselona” etakchisi Lionel Messi ushalmagan orzulari armonga aylangani haqida gapirdi.
- Men Ronaldo va Roberto Karlosning futbolkasini so‘rab olmaganimdan armon qilaman, axir men ularga qarshi o‘ynaganman. Men o‘z kollektsiyamda ularning libosi bo‘lishini xohlayman. Yoshim ulg‘aygani sari futbolkalar kollektsiyasiga ahamiyat bera boshladim. Chunki bu xotiralar bilan bog‘liq. Avval bu narsa meni bezovta qilmasdi. Akam Matias ko‘p futbolkalarni saqlab qo‘ygan. Men o‘z kollektsiyamga faoliyatini davom ettirayotgan ayrim o‘yinchilarning libosini qo‘shishim kerak, - dedi Messi.
Argentinalik futbolchining “Barselona” bilan shartnomasi tez orada yakuniga etadi. U 2023 yilgacha yuqori saviyada o‘ynamoqchi. Keyinchalik faoliyatini AQShda davom ettirishi kutilmoqda.
Messi katta ehtimol bilan Kataloniyada qoladi. Unga PSJ ham da’vogarlik qilmoqda.
Fikrlar