Messi menga etvol! Ronaldu o‘zining eng katta rekordini yana yangiladi

  • 19 oktabr, 10:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni chempionatining beshinchi turida “An-Nasr” futbolchilari “Al-Avval Park” stadionida “Al-Fatex” jamoasini qabul qilib, 5:1 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Riyodliklarning yirik hisobini ta’minlagan barcha gollarga Evropa maydonlarida porlagan yulduzlar mualliflik qildi. Joau Feliks xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Krishtianu Ronaldu va Kingsli Koman bittadan gol urdi.

Ko‘pchilikning e’tibori Ronaldu kiritgan to‘pga qaratildi. Bu 40 yoshli hujumchi faoliyatidagi 949 gol bo‘ldi va yangi rekord sifatida qayd etildi.

Ma’lumki, Ronaldu jahon futbolida rasmiy uchrashuvlarda eng ko‘p gol urgan o‘yinchi hisoblaadi. Futbol jamoatchiligi portugaliyalik yulduzning gol urish bo‘yicha minglik marrani zabt etishi kutmoqda.

Ekspertlarning hisob-kitobiga ko‘ra, agar Ronaldu samaradorligini hozirgi tepmda davom ettirsa, kelasi yilning oktyabr oyiga borib, faoliyatidagi gollari sonini 1000 taga etkazib olishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!