
Messi: Men xato qildim!
“Barselona” etakchisi Lionel Messi klub rahbariyati bilan ro‘y bergan kelishmovchilikdan so‘ng birinchi marta voqealarga izoh berdi va muxlislarga murojaat qildi.
- Yuz bergan kelishmovchiliklarga to‘liq barham berishni istardim. “Barselona”ning barcha muxlislari birlashib, kelajakka ishonishlari kerak. Men o‘z xatolarim uchun javobgarlikni bo‘ynimga olaman. Lekin agar biror xato qilgan bo‘lsam, klubga yaxshi bo‘lishi va jamoa kuchayishini istaganim uchun shunday yo‘l tutgan bo‘laman. Vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li, hamma birlashib, bir yo‘nalishda harakat qilishdir, - dedi Messi.
Xabaringiz bor, Messi klub bilan shartnomasini bekor qilmoqchi edi. Klub prezidanti Jozep Bartomeu 700 million evro badal puli talab qilib, uning ketishiga yo‘l qo‘ymadi.
Fikrlar