
Messi: Men uchun "Oltin to‘p" qiziq emas, men...
“Barselona” klubi forvardi Lionel Messi o‘zi uchun eng muhimi bu jamoaviy sovrinlar ekanini aytib o‘tdi.
“Men “Barselona” bilan sovrin yutishda davom etishni xohlayman. Men yana Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni istayman. Bu biz uchun chaqiriq hisoblanadi.
Men uchun muhimi bu shaxsiy sovrinlar emasligini har doim aytganman. "Oltin to‘p", "Oltin butsa" yoki The Best. Bularning barchasi meni qiziqtirmaydi. Agar ularni qo‘lga kiritsam, bu yaxshi. Lekin, aksincha bo‘lsa, bu men uchun qo‘rqinchli emas.
Yildan-yilga maydonda harakat qilish og‘irlashib bormoqda. Sen tanang 25 yoshda deb o‘ylarsan va avvalgidek o‘ynashga harakat qilarsan, lekin tanang boshqacha o‘ylaydi”, - deydi 32 yoshli argentinalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Messi 6 karra “Oltin butsa” va 5 karra “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi.
Fikrlar