
Messi: Men bunga ishona olmayman!
Bir jamoaga ko‘p gol urish bo‘yicha yangi rekordni o‘rnatgan Lionel Messi o‘zining tarixiy natijaga erishganini quyidagicha izohladi.
- Futbolga qadam qo‘yganimda bunaqa rekordni o‘rnata olishimga ishonmagan edim. Ayniqsa, Pelening rekordini yangilashni xayolimga ham keltira olmasdim. Bu natijaga erishishimda menga yordam berganlarning hammasiga rahmat aytishni istayman, - dedi Messi.
33 yoshli hujumchining “Barselona” uchun urgan gollari soni 644 taga etdi. Hali hech qaysi futbolchi bir jamoa tarkibida buncha gol urmagan. Endi Messining har bir gol yangi rekord natija sifatida qayd etilaveradi.
Fikrlar