Messi kelasi mavsumni qaerda o‘tkazishi hal bo‘ldi

  • 20 aprel, 2022, 17:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJning argentinalik yulduzi Lionel Messi kelasi mavsumni ham Parij klubida o‘tkazadigan bo‘ldi, deb xabar tarqatmoqda Mundo Deportivo nashri.

Tecno

Keyingi paytda Messi hozirgi klubidan ketishi haqidagi xabarlar ko‘payib bermoqda. Manbaning ta’kidlashicha, Leoda biror marta PSJni tark etish haqida fikr uyg‘onmagan.

Parijliklar ham undan umidi katta.

Yaqinda ushbu klub xo‘jayinlari yozda Lionel Messidan boshqa barcha argentinalik o‘yinchilar bilan xayrlashishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.

Messi o‘tgan yili avgust oyida Parijga kelganidan keyin ushbu klub bilan 2023 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma imzolagan edi.

Bu hujumchiga ayni paytda AQSh chempionatidan “Inter Mayami” jiddiy qiziqish bildirib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!