
Messi kelasi mavsumda ham EChLda o‘ynamoqchi
Messi kelasi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etuvchi jamoada harakat qilmoqchi.
PSJ hujumchisi Lionel Messi joriy mavsum yakunida Evropa qit’asini tark etish niyatida emas. Jurnalist Adrien Grenierning so‘zlariga ko‘ra, argentinalik futbolchi keyingi mavsumda Evropa Chempionlar ligasida o‘ynamoqchi.
Messi Amerika Kubogi-2024 ga tayyor bo‘lish uchun yuqori saviyada o‘ynashda davom etishga qaror qildi. Manbaning ta’kidlashicha, ayni damda argentinalik forvard faqat bitta klub – PSJ bilan muzokaralar olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messining “Barselona”ga qaytishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar