Messi kelajagi borasida qachon qaror qabul qilishi ma’lum

  • 14 iyul, 2022, 15:40
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Lionel Messining kelajagi hamon noma’lum.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, argentinalik forvard noyabrdan dekabrgacha Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yakunidan keyin hammasiga oydinlik kiritadi.

PSJ hozirda Leoga 2024 yilning yozigacha amal qiladigan yangi shartnoma taklif qilishga tayyor, biroq futbolchi qaror qabul qilishgan shoshilgani yo‘q.

Messi PSJ tarkibidagi birinchi mavsum Frantsiya chempionatida atigi 6 ta gol urdi va faoliyatidagi eng yomon yillardan birini o‘tkazdi. Biroq argentinalik futbolchi yaqinda bergan intervyusida yangi mavsum boshqacha bo‘lishini aytdi.

Avvalroq Messi "Barselona"ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi, ammo Kataloniya klubi bu mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi.

Shuningdek, Leoga AQShning “Inter Mayami” klubidan ham jiddiy takliflar borligi aytilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!