
Messi JCh-2022 finalida xet-trik qayd etgan Mbappe haqida gapirdi
PSJ klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Parij klubidagi jamoadoshi Kilian Mbappening JCh-2022 finalidagi o‘yini haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.
Aytish kerakki, hal qiluvchi bahsda Argentina Frantsiyani mag‘lubiyatga uchratdi (3:3, penaltilar seriyasida – 4:2), Mbappe esa shu kuni xet-trik qayd etdi.
“Jahon chempionatining final o‘yini butunlay aqldan ozdiradigan darajada edi. Mbappe uchta ajoyib gol urdi. Ayniqsa, ushbu xet-trikdan keyin chempion bo‘lmagani haqiqiy “jinnilik”. Lekin u allaqachon jahon chempioni bo‘lgan, shuning uchun u bu nimaligini biladi. U bilan bir jamoada o‘ynash menga yoqadi. Umid qilamanki, biz PSJda birga muvaffaqiyat qozonamiz”, - deya Messining so‘zlaridan iqtibos keltirgan frantsuz klubi matbuot xizmati.
35 yoshli Messi joriy mavsum PSJ safida barcha turnirlarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar