Messi jahon chempionatidagi g‘alaba sharafiga Argentina terma jamoasi futbolchilari va murabbiylariga ayfon sovg‘a qildi (foto)

  • 2 mart, 2023, 14:57
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi Argentina terma jamoasining Qatardagi jahon chempionatidagi g‘alaba qozongani sharafiga futbolchilar va murabbiylar uchun 35 ta tilla bilan bezatilgan ayfon sotib oldi.

Bu haqda telefonlarni bezash bilan shug‘ullanuvchi "Benjamin Lyon" kompaniyasi rahbari Benjamin Lyon ma’lum qildi.

Tecno

"Messiga 35 ta oltin ayfon 14 etkazib berish sharaf edi. U ularni jamoadoshlari va murabbiylar shtabiga jahon chempionati finalida g‘alaba qozongani uchun sovg‘a sifatida buyurtma qilgan”, — deb yozdi u Messi bilan tushgan suratini e’lon qilib.

Telefonning orqasiga futbolchilar nomi va Argentina terma jamoasidagi raqami yozilagan.

"The Sun" nashrining yozishicha, Messi ushbu sovg‘alarga taxminan 175 ming funt (deyarli 200 ming evro) sarflagan.

avrvar_1apoap_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!