Messi ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi

  • 7 avgust, 2021, 22:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning sobiq sardori Lionel Messi Kataloniya klubidan ketishini e’lon qilganidan keyin birinchi marta jurnalistlar bilan gaplashadi.

Tecno

Jurnalist Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, yulduz futbolchining matbuot anjumani yakshanba kuni tushdan keyin "Kamp Nou" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni kechqurun "Barsa" La Ligadagi maosh chegarasi tufayli argentinalik bilan shartnomani uzaytirish imkonisligini tasdiqlagan edi.

"Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblangan Messi 2000 yildan buyon klub tarkibida o‘ynab kelmoqda. 2003 yilning noyabrida asosiy tarkibda debyut qilgan Leo o‘tgan davr mobaynida jami 778 ta o‘yin o‘tkazdi va o‘z hisobiga 672 ta gol hamda 305 golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Messi “Barsa” tarkibida jami 35 sovrinni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!