“Messi ishi” Yamalning “Barsa”dagi kelajagiga ta’sir qilyapti

  • 24 mart, 11:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati yozda asosiy yulduzlaridan Lamin Yamalga yangi shartnoma taklif qiladi. Klub mutasaddilari hujjatni ishlab chiqishda Lionel Messi bilan munosabatlar yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslikka harakat qilmoqda.

Tecno

Ma’lumki, “Barselona” va Messi uzoq yillar hamkorlik qilgan va bu jarayonda bir necha bor kelishuv yangilangan. Argentinalik yulduzning maoshi yillar davomida bir necha baravar oshirilgan. Oqibatda bu klubda moliyaviy inqirozning kelib chiqishiga va tomonlar munosabatining buzilishiga olib kelgan.

“Barselona” Lamin Yamal 18 yoshga to‘lishi bilan unga 2030 yilgacha davom etadigan bitim beradi. Kelishuvga ko‘ra, Lamin klubda eng katta maosh oladigan futbolchiga aylanadi.

Shartnomaning muhim jihati shundaki, Messining kelishuvidan farqli ravishda Yamalning bitimi yakunlangunicha uning maoshi oshmaydi va bitta summa saqlanib qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!