
Messi "Inter Mayami"ni tark etdi
Lionel Messi JCh-2026 saralash bosqichi uchun Argentina terma jamoasiga chaqiruv oldi. 36 yoshli yulduz hujumchi MLSda "Inter Mayami"ning bir nechta o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.
"Inter Mayami" Messisiz qanday kurashadi, degan savolga floridaliklar bosh murabbiyi Xerardo Martino javob berdi.
"Biz qo‘limizdan kelganicha yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz. Shuningdek, ketayotgan futbolchilar sog‘-salomat qaytishiga umid qilamiz", - dedi Martino jurnalistlarga.
Leo Messi "Inter Mayami" safida 11 ta o‘yinda 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar