
Messi "Inter Mayami"ni tark etadimi?
Lionel Messining Evropa yoki Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi borasida mish-mishlar tarqalmoqda. Bunday turdagi ma’lumotlarga insayder Fabritsio Romano o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi "Barselona"ga qaytishni rejalashtirmayapti. Shuningdek, u MLSni tark etishni ham istamaydi. Lionel bor e’tiborini klubi va terma jamoasining oldinda turgan o‘yinlariga qaratmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, "Inter Mayami" pley-off bosqichiga chiqa olmagani bois, 2 oy maydonga tusha olmaydi. Shu sababli, uning boshqa klubga ijaraga o‘tish imkoni borligi haqda xaqda xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar