Messi "Inter Mayami"dagi debyutidan so‘ng nimalar dedi?

  • 22 iyul, 2023, 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hujumchi Lionel Messi "Inter Mayami"dagi debyut o‘yinidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

Argentinalik futbolchi Leagues Cup doirasidagi “Krus Asul” (2:1) bilan o‘yinning 54-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va 94-jarima zarbasini amalga oshirib, g‘alaba golini kiritdi.

“Biz muxlislarimiz uchun barchasini g‘alaba bilan boshlashni xohladik. Chunki muvaffaqiyatli start muhim edi.

Menda gol urish uchun so‘nggi imkoniyat bor edi va baxtimga bu imkoniyatdan unumli foydalanishga muvaffaq bo‘ldim”, - dedi Messi.

Eslatib o‘tamiz, Messi “Inter Mayami” safiga PSJdan erkin agent sifatida ko‘chib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!