Messi ham shunday ketgandi. “Barsa” yana bir yulduzidan ayrilishi kutilyapti

  • 17 mart, 2023, 16:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” jamoaning asosiy o‘yinchilardan hisoblangan Usmon Dembeleni ushlab qola olmasligi mumkin.

Tecno

Goal.com portalining xabar berishicha, klub frantsiyalik futbolchi bilan yangi bitim tuzmoqchi. Biroq, moliyaviy feyr-pley tufayli bu ishni amalga oshira olmayapti. Agar klub bu masalaga echim topmasa, Dembeleni qo‘yib yuborishi kerak.

2021 yili ham shunaqa vaziyat kuzatilgan edi. Moliyaviy feyr-pley talablari kataloniyaliklarga Lionel Messi bilan yangi shartnoma tuzish imkonini bermagan.

Dembelening klub bilan shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydi. Agar uni yangilash imkoni topilmasa, kataloniyaliklar Usmonni “Chelsi”ga transfer qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!