Messi: "Gvardiola "Barselona"da ishlagani bizning omadimiz"

  • 4 dekabr, 18:40
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" afsonasi, ayni damda Amerikaning "Inter Mayami" jamoasida to‘p surayotgan Lionel Messi Angliyaning "Manchester Siti" klubini boshqarayotgan sobiq ustozi Xosep Gvardiolaga yuqori baho berdi. Ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida argentinalik futbolchi faoliyatini Kataloniya klubida boshlagan.

Tecno

"Men uchun Gvardiola noyob. Nihoyatda yaxshi murabbiylar bor, lekin unda qandaydir o‘ziga xoslik bor. Men uchun u hammadan yaxshi. Vaziyatni ko‘rish, o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish, futbolchilar bilan muloqot qilish borasida u juda yaxshi. U eng zo‘ri va uning "Barselona"da ishlagani bizning omadimiz. U futbolchilar bilan birlashdi va u rejalashtirgan barcha rejalari bizning natijalarimizda ideal aks etdi", - deya Messining so‘zlarini keltirdi ESPN.

Messi "Barselona"da 17 mavsum o‘ynagan. U klub safida 778 ta o‘yinda u 672 ta gol urdi va 35 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Gvardiola kataloniyaliklar bosh murabbiyi sifatida to‘rt yil (2008-2012) ishlagan va bu vaqt ichida klub rekord darajadagi 14 sovrinni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!