
Messi Evropada qolib, g‘alaba qozonishda davom etmoqchi
"Pari Sen-Jermen" yulduzi Lionel Messi jamoada qolishi mumkin.
"TyC Sports" nashri tarqatgan xabarga qaraganda, argentinalik futbolchi faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirmoqchi. Bu erda uni barcha narsa qoniqtiryapti.
Manbaga ko‘ra, 35 yoshli pleymeyker "Barselona"ga qaytish variantini hayoliga ham keltirmagan. Uning Parijdan ketishi haqida hech qanday gap-so‘z bo‘lmagan. Leoga MLSdan taklif kelgan, biroq u buni jiddiy qabul qilmagan. Messi Evropada qolib, g‘alaba qozonishda davom etmoqchi.
PSJ unga 2024 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma taklif etmoqda. Leo joriy mavsum parijliklar libosida 20 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13 gol va 14 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar